1. Avtobus stansiyasida avtobusimni qanday topsam bo‘ladi?
- Chiptangizda perron raqami va avtobus davlat raqami ko‘rsatiladi. Avtovokzaldagi perronlarning har birida belgi bor, unga ko‘ra kerakli avtobusingizni osongina topishingiz mumkin.
2. Bepul chipta olish uchun bolalar necha yoshda bo‘lishi kerak?
- Bepul chipta 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun taqdim yetiladi. Sizda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va ota-onaning bolani olib chiqib ketish uchun roziligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak.
3. Aviachiptani sotib olmay turib, qancha muddatga uni bron qilishim mumkin?
- Bu siz tanlagan tarifga, shuningdek, qancha muddat avval chipta bron qilinayotganiga bog‘liq. Bron amal qilinishining aniq vaqti va uning davomiyligi haqidagi ma’lumotni chipta sotish kassalaridan olishingiz mumkin.
4. Men chiptamni yo‘qotdim, uni qaytarib olsam bo‘ladimi?
- Ha, va juda oson. Siz Uzavtotrans kassalariga murojaat qilishingiz, ism-sharifingizni va reysingizni yoki chiptaning raqamini ko‘rsatishingiz kerak va u oldingizda tiklab beriladi.
5. Meni avtobusga chiqarishmadi, chipta pulini qaytarib olishim mumkinmi?
- Ha, yo‘qotilgan chiptani tiklashda bo‘lgani kabi, Uzavtotrans kassalariga murojaat qilishingiz kerak, u yerda pul qaytarib beriladi. Avtobusga chiqmaganingizda aybingiz bo‘lmasa, chipta narxi sizga hech qanday jarima solmasdan qaytarib beriladi.
6. Avtobusda yo‘lovchilarga tegishli uy hayvonlarini tashish mumkinmi?
- Bu mumkin. Asosiy shart - hayvonni bagajda tashish. Uy hayvoningiz sayohat davomida boshqa yo‘lovchilarga va haydovchiga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qiling.
7. Mening yuklarim yo‘qoldi, kimdan yordam so‘rash kerak?
- Agar yukingizni topa olmasangiz, aniq ma’lumot uchun UzAvtoTrans dispetcherlik xizmatiga murojaat qilishingiz yoki qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak.
8. Xalqaro aviaqatnov chiptasini qanday sotib olish mumkin?
- Xalqaro reys chiptasini sotib olish uchun avtovokzal kassasiga murojaat qilishingiz kerak. Pasportingizni olib kelishni unutmang.
9. Men uchadigan reys kechiktirilayotgani yoki kechiktirilmayotganini qanday bilishim mumkin ?
- Siz aviakompaniya saytidagi «Onlayn tablo» bo‘limiga murojaat qilgan holda reysingizning terminalini aniqlab olishingiz mumkin. Shuningdek, aeroportga kelib, zaruriy ma’lumotlarni uchish zalidagi tablodan ham bilishingiz mumkin.
10. Qanday turdagi samolyotda uchamiz?
- Jadvalda ko‘rsatilgan va chipta sotib olayotganingizda sizga, balki, ma’lum qilingan samolyot turi texnik yoki amaliy sabablarga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Reysingiz uchun aynan qanday havo kemasi tayyorlanayotganini bilish uchun reysingizga yo‘lovchilar va yuklarni ro‘yxatga olayotgan aviakompaniya xodimiga murojaat qilishingiz zarur bo‘ladi.
11. Pasportimning amal qilish muddati tez orada tugayotgan bo‘lsa, men sayohat qilishim mumkinmi?
- Ko‘pgina mamlakatlarda pasport amal qilish muddatiga maxsus talablar mavjud. Ko‘pincha pasportingiz amal qilish muddati sayohatingiz davomiyligi muddatidan ancha uzun bo‘ladi. Bu talablar siz fuqarosi bo‘lgan mamlakat va boshqa omillarga ko‘ra farq qilishi mumkin. Iltimos, sayohatingiz davomida boradigan barcha mamlakatlar uchun pasport va viza talablari bilan tanishib chiqing va pasportingiz amal qilish muddati butun sayohatingiz uchun yaroqliligiga ishonch hosil qiling.
12. Qo‘lda olib yuriladigan yuk bepul yuk me’yoriga kiradimi?
- Bepul tashiladigan yuk me’yoriga quyidagilar kiritilmaydi:
- ayollar sumkasi, erkaklar portfeli yoki qog‘oz solinadigan papka;
- fotoapparat, videokamera;
- parvoz vaqtida o‘qiladigan bosma nashrlar;
- og‘irligi 2 kg dan oshmaydigan ixcham kompyuter;
- chaqaloq uchun oziq-ovqat va bolalar uchun yo‘l beshigi;
- soyabon yoki hassa;
- palto, plash yoki boshqa ustki kiyim;
- qalin jun ro‘mol;
- qo‘ltiqtayoq (agar u parvoz davomida yo‘lovchiga kerak bo‘lsa);
- og‘irligi 5 kg dan va o‘lchami yeni, bo‘yi, balandligini jamlaganda 115 sm dan oshmagan,
Duty Free do‘konidan sotib olingan bitta sumkadagi xaridlar.
13. Safar uchun viza zarur ekanligini qanday bilish mumkin?
- Ba’zi mamlakatlar sayohatgacha olinishi kerak bo‘lgan kirish yoki tranzit vizalarini talab qiladi. Siz borishni rejalashtirgan yoki tranzit parvozlaringizda boradigan yoki ma’lum muddat davomida qoladigan mamlakatingiz elchixonasining viza/konsullik bo‘limi bilan bog‘lanishingizni tavsiya qilamiz. Ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida viza tartibi/viza olish haqidagi ma’lumotlarni joylaydilar, shuningdek, zaruriy ma’lumotni aviachipta bron qilishda agentingizdan ham bilib olishingiz mumkin. Zaruriy viza va belgilarning borligi borasidagi mas’uliyat to‘liq yo‘lovchilarda bo‘ladi.