Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

148 ming «taksichi» o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida mehnat staji va pensiyaga ega bo‘lmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
21.06.2023 5692 Yangiliklar

«Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan 2022 - yil 1 - sentyabrdan 2024 - yil oxirigacha 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transport vositalarida yo‘lovchi tashuvlariga o‘zini o‘zi band qilish deb qaralishi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshirilishi belgilangan.

 

Bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar soni 148 000 nafarni tashkil etmoqda. Ayni ushbu yo‘nalishda o‘zini o‘zi band qilganlar soni bo‘yicha 18 816 nafar ko‘rsatkich bilan Toshkent shahri etakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlardan Samarqand, Toshkent, Buxoro hamda Andijon viloyatlari joy olgan.

 

Engil avtotransportda yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgandan so‘ng fuqarolar qat’iy belgilangan daromad solig‘i to‘lashdan ozod bo‘ldi va bir yilda bir marta ixtiyoriy ravishda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash orqali mehnat stajiga hamda kelgusida pensiya olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

Ushbu faoliyat turi bo‘yicha fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turib bepul ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur faoliyat turi bo‘yicha fuqarolar litsenziya olishi talab etiladi. Bunda litsenziya olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.