Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

15 iyundan “sariq” va “yashil” toifasiga kiruvchi hududlar o‘rtasida mahalliy yo‘nalishlarda avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
15.06.2020 8584 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq joriy yilning 15 iyun kunidan e’tiboran “sariq” va “yashil” toifasiga kiruvchi hududlar o‘rtasida mahalliy yo‘nalishlarda avtobuslar harakati qayta yo‘lga qo‘yildi.

Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

Transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfetsiya qilish;

avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;

haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rishi lozim.


“Sariq” va “yashil” toifasiga kiruvchi hududlar o‘rtasida mahalliy yo‘nalishlarda avtobuslar harakati qayta yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan avtovokzal va avtostantsiyalar ham o‘z ish faoliyatini tikladi.

Avtovokzal va avtostantsiyalar ish faoliyati Karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda avtobuslar qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning vaqtinchalik tartibiga muvofiq tashkil etiladi.

Mazkur tartibga muvofiq barcha yo‘lovchilar avtovokzal va avtostantsiyalar hududiga kirishdan oldin tana harorati o‘lchanadi;

Tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lmagan yo‘lovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi. Barcha yo‘lovchilar avtovokzal va avtostantsiyalar hududiga hamda avtobus transportlariga bir martalik himoya niqoblarida kiritiladi;

Tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarga avtovokzal va avtostantsiya xizmatlaridan foydalanishiga ruxsat berilmaydi;

Yo‘lovchilar avtovokzal va avtostantsiyalarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari shart;

Avtovokzal va avtostantsiyalar hududlarida yo‘lovchilarning (uch tadan ortiq) to‘planishlari qati’yan taqiqlanadi (oila a’zolari bundan mustasno);

Avtovokzal va avtostantsiyalarida umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo shohobchalarining faoliyat yuritishlari ta’qiqlanadi. (karantin qoidalariga amal qilgan holda, oziq-ovqat do‘koni va dorixonalar faoliyati bundan mustasno).