Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

19 - yanvardan xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi

Chop etish Sahifani ulashish
18.01.2023 2080 Yangiliklar

 

Ob-havo sharoiti hamda harakat yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘llaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilning 19-yanvar sanasidan O‘zbekiston Respublikasidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi.

 

19-yanvar kuni “Toshkent” avtovokzalidan Toshkent – Moskva (chipta narxi 1011000 so‘m), Toshkent – Olmaota (chipta narxi 200 000 so‘m), Toshkent – Ostona (chipta narxi 361 000 so‘m), Toshkent – Turkiston (chipta narxi 111 000 so‘m), Toshkent - Qizilo‘rda (chipta narxi 161 000 so‘m), Toshkent – Bishkek (chipta narxi 261 000 so‘m) xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlar amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun telefon: (71) 207-87-00