Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

2022 yildan ba’zi toifadagi transport vositalarini olib kirish, sotish va ulardan foydalanish man etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
31.01.2020 16146 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G‘ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda 2022 yil birinchi yanvardan boshlab zaharlilik darajasi “Evro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalaridagi g‘ildirakli transport vositalaridan foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirish man etiladi.

Xo‘sh, “M” va “N” toifadagi g‘ildirakli transport vositalariga qaysilari kiradi?

“M” toifadagi g‘ildirakli transport vositalari — kamida to‘rtta g‘ildiragi mavjud bo‘lgan yo‘lovchi tashishda ishlatiladigan mexanik g‘ildirakli yangi transport vositalari, shuningdek, haydovchining joyidan tashqari sakkiztadan oshmagan o‘rindiqlar bilan ta’minlangan, yo‘lovchi tashishda ishlatiladigan avtobuslar, mikroavtobuslar, maxsus yo‘lovchi g‘ildirakli transport vositalari.

“N” toifadagi g‘ildirakli transport vositalari — yuklarni tashishda foydalaniladigan, maksimal massasi 3, 5 tonnadan oshmaydigan g‘ildirakli transport vositalari, yuklarni tashishga mo‘ljallangan, maksimal massasi 3, 5 tonnadan oshadigan, lekin ko‘pi bilan 12 tonnadan oshmaydigan, yuklarni tashishga mo‘ljallangan, maksimal massasi 12 tonnadan oshadigan g‘ildirakli transport vositalari.

Manba: O‘zA