Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

23- iyun kuni Toshkent – Xojikent – Toshkent shaharlararo yo‘lovchi poezdlarining 2 ta reysi bekor qilinadi!

Chop etish Sahifani ulashish
22.06.2021 4213 Yangiliklar

 

"Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKga qarashli Qodirya- Oqqovoq bekatlari oralig‘ining 21 - kilometridan 22 - kilometrigacha bo‘lgan temir yo‘lda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shu sababli 23-iyun kuni soat 07:10 dagi “Toshkent – Xojikent” va 10:10 dagi “Xojikent–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.

Shu kuni soat 14:06, 16:42, 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan “Toshkent –Xojikent – Toshkent” yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.