Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

3 iyun kuni Rossiya va BAA dan 524 nafar fuqarolarimiz olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
04.06.2020 5438 Yangiliklar

 

O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish maqsadida tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq 3 iyun kuni amalga oshrilgan parvozlar orqali Rossiya Federatsiyasi va Birlashgan Arab Amirliklaridan 524 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelindi.

Bugun, 4 iyun kuni Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida charter reysi amalga oshiriladi.

Shunday qilib, 1-3 iyun kunlari amalga oshirilgan charter qatnovlari orqali Turkiya, Rossiya Federatsiyasi va BAA dan jami 1200 dan ortiq hamyurtlarimiz Vatanga olib kelindi.

Ushbu hafta so‘nggiga qadar Rossiya Federatsiyasining Moskva, Novosibirsk va Sankt-Peterburg shaharlariga shuningdek, Qohira – Toshkent – Qohira yo‘nalishlarida yana 4 ta charter qatnovi bajariladi.