7 dekabr Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni (International Civil Aviation Day) sifatida har yili keng nishonlanadi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) ushbu kunni bayram sifatida nishonlash tashabbuskori bo‘lib hisoblanadi.
1994 yilning 7 dekabr kuni xalqaro fuqaro aviatsiyasi Konventsiyasi imzolanganining 50 yilligi (Chikago konventsiyasi 1944 yil) munosabati bilan aynan shu sana xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni sifatida belgilangan.
BMT Bosh Assambleyasining 1996 yil 6 dekabrdagi 51/33-sonli rezolyutsiyasi bilan ushbu sana xalqaro bayram kuni sifatida e’tirof etilgan.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni bayramini nishonlashdan maqsad keng jamoatchilikka sohadagi yutuqlar haqida axborot berish, davlatlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida fuqaro aviatsiyasining qo‘shayotgan hissasini ko‘rsatish, turli qit’a, mamlakat va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lashda, shuningdek, butun insoniyat uchun xizmat qiluvchi tezkor global transport tarmog‘ini yaratishda IKAOning noyob roli to‘g‘risida xabardor etishdan iboratdir.
IKAO ma’lumotlariga ko‘ra 2018 yilda dunyo aviakompaniyalari tomonidan umumiy hisobda 4,3 milliard yo‘lovchi va 58 million tonna yuk tashilgan. Yillik aviaqatnovlarning umumiy soni esa 38 millionga etgan. Fuqaro aviatsiyasi sohasi samolyotlarining umumiy parvoz masofasi 8,2 trillion kilometrni tashkil qilgan.
O'zbekiston Respublikasi Tranport Vazirligi axborot xizmati