Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Chop etish Sahifani ulashish
09.12.2022 5345 Yangiliklar

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 - yil 21 - noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 - yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” (International Day Against Corruption) sifatida nishonlab kelinmoqda.

 

Ushbu sana munosabati bilan Toshkent davlat transport universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.

 

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida mas’uliyatni his etishi zarur.

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari — aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘rsida so‘z bordi.

 

Transport vazirligi rahbariyati tomonidan korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifa etib belgilangan.

 

Shuningdek, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rish bo‘yicha vazirlikda Komplaens nazorat xizmati tashkil etilgan.

 

Tadbirda Transport vazirligi Komplaens nazorat xizmati boshlig‘i Bahodir Qoraboyev vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, oldini olish va unga chek qo‘yishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Uchrashuv so‘ngida, talaba yoshlar ham o‘z fikrlarini bildirishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob olishdi.