Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“AD Ports Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
08.06.2022 6507 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda “AD Ports Group” kompaniyasi Bosh direktori Muhammad Ash-Shamisi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda mamlakatimiz tranzit salohiyatni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ushbu yo‘nalishdagi amaliy sa’y-harakatlarning natijalari to‘g‘risida xorijiy kompaniya vakillariga batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, Afg‘oniston hududi orqali Pokistonga yuk tashuvlari boshlangani hamda ushbu mamlakat hududi orqali Eronga ham yuk tashuvlarini tashkil etish yuzasidan ishlar olib borilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuvda Muhammad Ash-Shamisi O‘zbekistonning geografik jihatdan Markaziy Osiyoning strategik nuqtasida joylashganligini inobatga olgan holda “AD Ports Group” kompaniyasi logistika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.