Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«Afrosiyob» poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tishni boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
10.02.2025 3425 Yangiliklar

2025-yil 10-fevral kunidan 768/767-sonli “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» elektropoyezdi Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishini boshladi.

 

Bu bo‘yicha vazifa davlatimiz rahbarining 2024-yil 29-noyabrdagi “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand viloyatining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”da belgilab qo‘yilgan.

 

Kattaqo‘rg‘on bekatida ilk yo‘lovchilar tantanali ravishda kutib olindi.