Manzil:
Zulfiyaxonim ko'chasi, 3-uy
“O'zbekiston temir yo'llari” AJ tomonidan yo'lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo'lgan talabini to'la qondirish maqsadida, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo'nalishida harakatini amalga oshirayotgan 764/763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining reysi yana bittaga ko'paytirilmoqda.
Hozirgi kunga qadar haftada 2 marotaba (shanba va yakshanba kunlari) harakatini amalga oshirayotgan mazkur zamonaviy poyezd, 2020 yil 13 noyabrdan boshlab, haftada 3 marotaba (juma, shanba va yakshanba kunlari) yo'lovchilarning uzog'ini yaqin qiladi.
Bundan tashqari mazkur poyezdning ushbu sanadan boshlab Jizzax vokzalida ham to'xtab o'tishi yo'lga qo'yiladi.
IZOH: Chiptalarni elektron tarzda ham bemalol xarid qilish mumkin. Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan olish mumkin.