Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Air Astana" O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Chop etish Sahifani ulashish
09.06.2021 4135 Yangiliklar

 

 

"O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2021 - yilning 8 - iyun kuni Qozog‘iston Respublikasining "Air Astana" aviakompaniyasiga Turkiston – Toshkent – Turkiston va Olmaota – Samarqand – Olmaota yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Eslatib o‘tamiz, "Air Astana" aviakompaniyasi Nur-Sulton – Toshkent - Nur-Sulton va Olmaota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 2010 - yil 18 - noyabrdagi 78-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomasiga ham ega.