Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Alisher Navoiy va Bobur merosi — beqiyos ma’naviy xazinadir

Chop etish Sahifani ulashish
10.02.2023 6124 Yangiliklar

 

Shu kunlarda so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.

 

Ta’kidlash joizki, Navoiy va Bobur ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, boy ma’naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda.

 

Transport vazirligida o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur  hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. Tadbirda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Raximboy Jumaniyozov, Toshkent davlat transport universiteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilari Malika Abdullayeva, Oybibi Iskandarova ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda mutafakkirlarning boy ma’naviy merosi, hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar hamda g‘azallarining ilmiy talqini ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi. Talabalar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan parchalar mutolaa qildi.