Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz

Chop etish Sahifani ulashish
10.04.2021 10397 Yangiliklar

 

 

O‘z davrining benazir islohotchisi, ilm-fan homiysi, kuchli davlat arbobi Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan Transport vazirligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Sohibqironning adolatga yo‘g‘rilgan fikrlari, siyosiy qarashlari, yurtga mehri, elga sadoqati o‘z navbatida ma’rifatni ulug‘lashi bugungi zamon, ayni davr uchun ham dolzarbdir.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda hududiy transport boshqarmalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirok etgan temurshunos olim Bahtiyor Haydarov va yozuvchi Ozod Mo‘min o‘zligimizni anglash va milliy g‘ururimizni tiklashga qaratilgan islohotlar jarayonida Amir Temurning o‘lmas nomi, jahon taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasini o‘rganish, boy ma’naviy merosidan yoshlarni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Amir Temurning tarixdagi o‘rni nafaqat buyuk davlat asoschisi, buyuk tamaddun, uyg‘onish davri yaratuvchisi sifatida ham ahmiyatlidir. Biz bugun vatanimizda uchinchi renessans davri poydevorini qo‘yayotgan ekanmiz, Amir Temur yaratgan ikkinchi renessans davri biz uchun hamisha namuna bo‘lib xizmat qiladi”, – dedi olim Bahtiyor Haydarov.

Tadbir yakunida yozuvchi Ozod Mo‘min vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda hududiy transport boshqarmalariga o‘zining “Tarix dengizi” nomli kitobini tuhfa qildi.