Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Andijon – Ufa – Andijon yo'nalishida muntazam poyezd qatnovi yo'lga qo'yildi

Chop etish Sahifani ulashish
08.02.2020 6001 Yangiliklar

Yo'lovchilarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan Andijon – Ufa – Andijon xalqaro yo'nalishida yo‘lovchi poyеzdining muntazam qatnovi boshlanаdi. 

№№371/372-sonli Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida yo‘lovchi poyеzdining muntazam qatnovi bugun soat 20:15 da boshlanаdi. 

Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yo’nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilar Andijon, Marg’ilon, Qo‘qon va Pop vokzallaridan jo’nashlari mumkin. Chiptalarni joylardagi chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin yoki electron tarzda, https://e-ticket.railway.uz/lang-ru/index.html sayti va uning mobil ilovalari orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.