Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Andijonda avtobus qatnovlari to‘xtab qolgan yo‘nalishlar qayta tiklanmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
20.12.2019 7551 Yangiliklar

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Andijon viloyati transport boshqarmasi tomonidan shahar atrofi va shahar yo‘nalishlarida avtobuslar qatnovi qayta tiklanmoqda. Xususan, "Buyuk qurilish" MChJ tomonidan shahar atrofi yo‘nalishi ShAY "Shahrixon-Chinobod" va ShAY "Oltinko‘l-Chinobod (Eski Xaqulobod orqali)" yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
"Trans Lyuks Logistik" MChJ tomonidan esa shahar yo‘nalishi ShY "Zangibobo-Jahon bozori" (Sobiq №4 yo‘nalishli taksi) yo‘nalishida qatnovlar qayta tiklandi. Mazkur yo‘nalishlarda avtobus qatnovlari to‘xtab qolgan edi.

Hozirda aholidan kelib tushgan murojaatlar va takliflar asosida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan hamkorlikda yana qator yo‘nalishlarda avtobuslar harakatlarini qayta tiklash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati