Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Andijon shahar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishga tushirildi

Chop etish Sahifani ulashish
11.10.2022 6141 Yangiliklar

 

“Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori” viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Alpomish merosi" korxonasi bilan shartnoma imzoladi va ushbu korxonaning shahar ichida harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarida elektron to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

 

Endilikda yo‘lovchilar quyidagi avtobus yo‘nalishlarida yo‘lkira haqini bank hamda ATTO transport kartalari orqali amalga oshirishi mumkin.

 

1 - sonli “Shahar markaziy shifoxonasi – Gulshan”, 22 - sonli “Pistamozor – Shahid tepa”, 24 - sonli “Uzumzor AS – To‘qqiz bog‘”, 75 - sonli “Pistamozor – Eski shahar”, 94 - sonli “Kuyganyor – Dukchi Eshon ko‘chasi”.

 

Eslatib o‘tamiz, ATTO tizimi mavjud bo‘lgan shaharlarda transport kartalarini barcha turlari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

 

Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi «Raqamli O‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishga tushirildi. Keyingi bosqichda tizim barcha yo‘nalishlardagi avtobuslarda joriy etiladi.