Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Andijon va Yangi Andijon shaharlarini bog‘lovchi jamoat transporti tarmog‘i konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Chop etish Sahifani ulashish
06.07.2021 8428 Yangiliklar

 

Davlatimiz rahbari joriy yilning 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda "Yangi Andijon" shahri infratuzilmasini muhokama qilgan edi.

Ushbu yig‘ilishda 400 ming aholiga mo‘ljallangan "Yangi Andijon" hududini Andijon shahri bilan bog‘lovchi tezyurar jamoat transporti qatnovini tashkil qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha Transport vazirligiga topshiriq berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tezyurar jamoat transporti tarmog‘i hamda Andijon shahrining avtobuslar tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida Transport vazirligi tegishli tizim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan, rejalashtirilayotgan yo‘nalishlarda transport va yo‘lovchilarning oqimlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jarayonlarga Transport vazirligi, Qurilish vazirligi, Andijon viloyati hokimligi tegishli boshqarmalari, Transport univrsiteti mutaxassislari hamda Turkiyalik ekspertlar jalb etilgan.

Ekspertlar tomonidan Andijon shahrini "Yangi Andijon" hududi bilan bog‘lovchi quyidagi tezyurar transport turlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan o‘rganish ishlar olib borilmoqda:

- Hududlarni bog‘lovchi yer usti metrosini qurish;

- Tezyurar avtobuslar harakati uchun BRT (Bus rapid transit) tizimini joriy etish;

- Tramvay yo‘nalishini tashkil etish.