Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Andijonda 3 ta OTMni bog‘lovchi yo‘nalishda avtobuslar qatnovi tiklandi

Chop etish Sahifani ulashish
21.06.2021 4221 Yangiliklar

 

Andijon viloyati transporti boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra 21- iyun sanasidan 14 - son “Gulshan – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishida avtobuslar harakati qayta yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuslar shahardagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik institutini bog‘lovchi Bobur shoh ko‘chasi orqali qatnovlarni amalga oshiradi.

Hozirda ushbu yo‘nalishda 20 ta ISUZU rusumli avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Avtobuslarning o‘rtacha harakatlanish oraliq vaqti 10 daqiqa bo‘lib, yo‘lkira narxi 1000 so‘mni tashkil etadi.