Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avia yuk tashuvlari sohasida “E-freight” xalqaro standarti joriy etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
08.02.2023 5684 Yangiliklar

 

Mamlakatimizda havo transportida yuk tashuvlari raqobatbardoshligini oshirish, “Yagona darcha” tamoyili asosida idoralararo ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali biznes jarayonlarini soddalashtirish maqsadida avia yuk tashuvlari sohasida “E-freight” xalqaro standartini joriy etishni jadallashtirish masalasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tegishli vazirlik va idoralar vakillari avia yuk tashuvlari sohasida hujjatlarni elektron rasmiylashtirish va kuzatib borishning “E-freight” xalqaro standartini joriy etish yo‘nalishidagi mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashdi.

 

Xalqaro aviatsiya transporti birlashmasi (IATA) tavsiyasiga muvofiq havo transportida yuklarni elektron rasmiylashtirish va kuzatish “E-freight” standartini joriy etish biznes jarayonlarini soddalashtirishga, xarajatlarni kamaytirishga va ma’lumot almashinuvini tezlashtirishga qaratilgan xalqaro tarmoq dasturining bir qismidir.

 

Ushbu standartning joriy etilishidan maqsad ishonchlilikni oshirish, yuklarni yetkazib berish vaqtini hamda avia yuk tashuvlari jarayonida hujjatlarni elektron rasmiylashtirish va kuzatib borish harajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nazorat qiluvchi organlar uchun axborot xavfsizligi va ishonchliligini oshirishni ta’minlaydi.

 

Uchrashuv davomida ilg‘or xorijiy mamlakatlarda havo transportida yuk tashuvlarini rasmiylashtirish jarayonida qo‘llanilayotgan elektron platformalarning ish faoliyati yuzasidan taqdimotlar va o‘rganishlar o‘tkazildi.

 

Uchrashuv nihoyasida ishchi guruh tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar a’zolariga keyingi qilinadigan ishlar va vazifalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi va "E-Freight" ni tadbiq etishni jadallashtirish mexanizmi ishlab chiqildi.