Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Aviadispetcherlarini tayyorlashda BAAning GANS o‘quv markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
14.02.2025 536 Yangiliklar

GANS — aviadispetcherlar va aeronavigatsiya mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan, ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarlikni ta’minlovchi yetakchi o‘quv markazidir.

 

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida "Uzaeronavigatsiya" Markazi DUK delegatsiyasi Abu-Dabidagi GANS o‘quv markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Markaz vakillari o‘quv jarayonini tashkil etish va aviadispetcherlarni o‘qitishning ilg‘or usullari bilan yaqindan tanishdi.

 

Real vaqt rejimida havodagi harakatni boshqarishning murakkab ssenariylarini simulyatsiya qilish imkonini beruvchi 3D minora cimulyatoriga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu innovatsion vosita mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

 

Uchrashuv natijasida hamkorlik memorandumi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.