Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtobus boshqarishga nomzod ayol haydovchilar diqqatiga

Chop etish Sahifani ulashish
20.02.2025 344 Yangiliklar

Transport vazirligi avtobus boshqarish huquqini beruvchi “D” toifaga qayta tayyorlash bo‘yicha o‘qishni xohlovchi xotin-qizlar uchun o‘qitish jarayoni boshlanishini e’lon qiladi.

 

“D” toifaga qayta tayyorlash uchun to‘lov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Toshkent – kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” loyihasi tomonidan to‘lanadi.

 

Nomzodlar tanlov asosida o‘quv kurslariga nomzodlarni saralab olish komissiyasi tomonidan saralab olinadi.

 

O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan va “D” toifali haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritgan xotin-qizlarni “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari filiallariga haydovchilikka ishga qabul qilinadi.

 

Qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

 

• nomzodlar 21 yoshga to‘lgan va 45 yoshdan oshmagan ayol kishi bo‘lishlari;

• kamida uch yil mobaynida “B”, “C” yoki “BC” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga va stajiga ega bo‘lishi.

 

Qiziqish bildirgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni va ma’lumotlarni elektron tarzda projecttailev@mintrans.uz elektron pochta manziliga taqdim qiladi:

 

• pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;

• doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i nusxasi;

• tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash(qayta tayyorlash) o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqida yagona namunadagi guvohnoma nusxasi;

• haydovchilik guvohnomasi nusxasi;

• telefon raqami;

• ma’lumoti (attestat yoki diplom) to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi.

 

Nomzodning kamida uch yil mobaynida “B”, “C” yoki “BC” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga va stajiga ega bo‘lishi kerak. Kamida uch yillik haydovchilik staji mavjudligi quyidagilar orqali aniqlanadi:

 

• egalik huquqi asosida yoki ijara huquqi asosida nomzodga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi (tex.pasport yoki ishonchnoma);

• mehnat shartnomasi bo‘yicha haydovchilik staji.

 

Hujjatlarni taqdim etish uchun oxirgi sana 2025-yil 20-mart.

 

Ushbu tashabbus avtotransport sohasida ayollarning kasbiy ishtirokini oshirish, yuqori malakali avtobus haydovchilarini tayyorlash hamda xotin-qizlarni sohaga keng jalb qilinishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun: +998 99 444 60 80.