Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi yilning eng ilg‘or avtokorxonasi aniqlandi

Chop etish Sahifani ulashish
28.12.2020 5172 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U.Umurzakov tomonidan joriy yilning 10- iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi tomonidan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi yilning eng ilg‘or avtokorxonasini aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

Mazkur tanlov doirasida xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi avtotransport korxonalarining faoliyati quyidagi 6 ta ko‘rsatkich asosida baholandi.

✔️ Avtotransport parki

✔️ Avtotransport parkining yangilanganlik darajasi

✔️ Tashuvlar geografiyasi

✔️ Yil davomida amalga oshirgan tashuvlar soni

✔️ Avtotransportdan foydalanish darajasi

✔️ Korxona veb-saytining mavjudligi

Shuningdek, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Yuk tashuvchilar bilan muloqot” guruhida so‘rovnoma o‘tkazildi. Baholash va so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra transport parkida 50 tagacha avtotransport vositasi mavjud bo‘lgan korxonalar o‘rtasida “Arrow green logistics” MChJ hamda transport parkida 50 tadan ortiq avtotransporti bo‘lgan korxonalar o‘rtasida esa “Xojiakbar” MChJ avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari bo‘yicha 2020 yilning eng ilg‘or avtokorxonasi sifatida e’tirof etildi.

Tanlov g‘oliblari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.