Avval xabar berganimizdek, 27 - sentabr kuni poytaxtimizda o‘z ishini boshlagan “Xalqaro avtomobil tashuvlari: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi va O‘zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzab masalalaridan biri bo‘lib turibti. Hozirda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan professional haydovchilarning etishmasligi va ularning xizmatlariga bo‘lgan talabning ortib borayotgani dolzarb global muammoga aylanib ulgurdi. Ayni damda butun dunyoda 470 000 yaqin professional haydovchilar etishmasligi muammosi mavjud.
Tomonlar o‘rtasida imzolangan mazkur memorandum avtomobilь transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida ko‘p sonli professional haydovchilarni, shuningdek, boshqa ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash/qayta tayyorlash uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv markazini tashkil etish va ishga tushirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.