Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirishning dolzarb masallari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
04.09.2024 3403 Yangiliklar

Bugun, poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida “Avtomobilda xalqaro tashuvlar: barqaror rivojlanish va farovonlikni ta’minlash”, “Kelajakka yo‘l: TIRga 75 yil” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Transport vazirligi, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU) hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir IRU a’zolarini hamda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasi yetakchilarini, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari va xalqaro moliya institutlari vakillarini bir joyga jamladi.

 

Konferensiyada savdo hamda logistika subyektlari o‘rtasida yuklarni yetkazib berish zanjiri uzluksizligini ta’minlash, logistika tizimlarining samaradorligini oshirish orqali savdoni osonlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va umumiy iqtisodiy rivojlanishga erishish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar muhokama etildi.

 

Xususan, konferensiya tranzit va savdoni soddalashtirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, tashuvlar samaradorligini oshirish orqali uglerod chiqindilarini kamaytirishda muhim rol o‘ynayotgan BMTning eng uzoq davom etayotgan davlat-xususiy sherikligi TIR tizimining 75 yilligiga bag‘ishlandi.

 

TIR (Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasi) yuklarni avtomobilda xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil) doirasidagi tranzit yuk tashishlarni yengillashtirishga qaratilgan tizimdir.

 

Konferensiya panel sessiyalari davomida dunyoda avtomobilda yuk tashuvlarni yengillashtirish, bu borada mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, sohada raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish masalalari muhokama etilib, tegishli takliflar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.