Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Chop etish Sahifani ulashish
13.07.2023 5415 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning tegishli qarori bilan Tursunov Jamshid Yunusovich Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi 

 

Jamshid Tursunov 1979-yilning 20-fevralida Buxoro tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oilali. Ma’lumoti – oliy, 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasini tamomlagan.

 

Mehnat faoliyatini 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya departamenti moliyaviy ta’minlash va nazorat qilish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi lavozimida boshlagan.

 

2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Tayinlovga qadar Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.