Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Osiyo taraqqiyot banki bilan yo‘l xo‘jaligi sohasini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Chop etish Sahifani ulashish
04.08.2023 5351 Yangiliklar

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov hamda Osiyo taraqqiyot banki Transport sohaviy bo‘linmasi direktori Chen Chen o‘rtasida yo‘l xo‘jaligini xalqaro stantdartlar asosida institutsional va innovatsion rivojlantirish masalalari bo‘yicha ishchi muloqot o‘tkazildi.

 

Muloqot chog‘ida qo‘mita raisi yo‘l sohasida bosqichma-bosqich qurilish va ekspluatatsiya ishlari xalqaro FIDIC qoidalari asosida amalga oshirilishi, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va raqamlashtirishda innovatsion texnologiyalar qo‘llanilishi hamda “Aqlli yo‘l” (Smart Road) tizimi yaratilishi yuzasidan batafsil axborot berib, Osiyo taraqqiyot bankini konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga chaqirdi.

 

Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan hamkorlikda qiymati 1 mlrd AQSh dollardan ortiq loyihalar amalga oshirilgani, kelgusida bu kabi amaliy ishlar davom ettirilishi qayd etib o‘tildi.

 

Shuningdek, Chen Chen Osiyo taraqqiyot banki iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuviga qo‘shilganligini ma’lum qildi. Ushbu masalada ham bank tomonidan texnik ko‘mak ko‘rsatilishi belgilab olindi.

 

Muloqot yakunida Transport sohaviy bo‘linmasi direktori Chen Chen avgust oyining oxirida O‘zbekistonga bankning “Qishloq yo‘llarini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil qilinadigan “baholash” (Fact Finding) missiyasi bilan birga tashrif buyurishini qayd etib, missiya doirasida tomonlar hamkorlik masalalari muhokamasini davom ettirishga kelishib oldi.