O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 martdagi “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning
34-bandiga asosan, foydalanilgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organiga safar yakunlanganidan so‘ng bir oy muddatda, foydalanilmaganlari — ularning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab yigirma kalendar kundan kech bo‘lmagan muddatda qaytarilishi hamda milliy tashuvchilar xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni ilova xati bilan birga topshirishlar, unda qaytarilgan sana, davlat/ko‘p tomonlama ruxsat berish tizimi nomi va xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalar raqamlari qayd etilishi, ushbu ruxsatnomalar ilova qilinishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan 2019 yil uchun foydalanilgan hamda ularning amal qilish muddati tugagan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni joriy yilning 20 fevral kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Ruxsatnomalar bo‘limiga topshirishingizni so‘raymiz.
2019 yilda foydalanilgan hamda ularning amal qilish muddati tugagan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni o‘z vaqtida topshirmagan korxonalarga nisbatan 2020 yil davomida taqdim etayotgan arizalari orqali olishi mumkin bo‘lgan xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarning soniga ta’sir etishini ma’lum qilamiz.