Evropa ittifoqiga fitosanitariya nazorati ostidagi mahsulotlarni olib kirishda CHED-PP sertifikati taqdim etishlishi shart.
2019 yil 14 dekabrdan boshlab, Yevropa ittifoqiga fitosanitariya nazorati ostida bo‘lgan mahsulotlarni olib kirishda, avtotransport vositasi chegarini kesib o‘tish punktiga yetib borgunga qadar, importchi chegaradagi vakolatli organlarni ushbu tovarlarning kelishi to‘g‘risida oldindan ogohlantirishi va o‘simliklar, o‘simlik mahsulotlarining holati to‘g‘risida yagona hujjat shaklida taqdim etishi kerak (CHED-PP sertifikati).
Xabarnoma TRACES NT https://webgate.ec.europa.eu/cfcas3/tracesnt-webhelp/Content/L_CHED-PP/Intro.htm elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ushbu yangilikning maqsadi import qilinadigan mahsulotlar ustidan nazorat va qarorlarni qabul qilishni tezlashtirishdir.
Agar CHED-PP sertifikati tovarlar nazorat punktiga kelishidan oldin taqdim etilmasa, fitosanitariya nazoratidan o‘tkazilmaydi.
Bugungi kunga qadar ushbu hujjat 2000/29 / YeI Kengashi Direktivasiga muvofiq fitosanitariya nazorati uchun ixtiyoriy ravishda qo‘llanilgan.
O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati