Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobilda yuk tashuvchilar qo‘llab-quvvatlanadi

Chop etish Sahifani ulashish
19.08.2021 9433 Yangiliklar

 

“Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5225-son, 19.08.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlarni 2025 - yil 1 - yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji, utilizatsiya yig‘imi va avtotransportlarni sotib olganlik uchun avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi:

– “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransportlar (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);

– tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlar 2025 - yil 1 - yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:

– “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransportlar;

– avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.