Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Avtomobilsiz kun" aksiyasi

Chop etish Sahifani ulashish
23.10.2024 440 Yangiliklar

23-oktabr, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida Transport vazirligi xodimlari ishga jamoat transportidan foydalangan holda yetib kelishdi.

 

Avtomobilsiz harakatlanishni targʻib qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad, eng avvalo, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda avtomobil tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish va atrof-muhitni muhofaza qilish har bir insonning fuqarolik burchi ekanligini taʼkidlashdir.

 

Eslatib o‘tamiz, aksiya O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkaziladi.