Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtotransportda xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar diqqatiga

Chop etish Sahifani ulashish
27.02.2023 6541 Yangiliklar

 

Polsha Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli qarori bilan joriy yilning 21- fevral sanasidan Belarus Respublikasi bilan Kukuriki – Kozlovichi chegara nazorat o‘tkazish punkti orqali (Yevropa Ittifoqiga va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasiga a'zo mamlakatlarda ro'yxatga olingan yuk avtotransport vositalaridan tashqari) barcha yuk avto transport vositalari harakatlanishi ikki tomonlama (kirish-chiqish) vaqtincha noma’lum muddatga to‘xtatildi.

 

Buninig natijasida hozirda ushbu chegara nazorat o‘tkazish punktida xorijiy mamlakatlar yuk tashuvchilarining transport vositalari to‘planib qoldi.

 

Shu munosabat bilan milliy tashuvchilardan Yevropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu holatni inobatga olishlarini so‘rab qolamiz.

 

Hozirda o‘zbek milliy tashuvchilari yuk transport vositalarini Litva chegara nazorat o‘tkazish punktlari orqali to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

 

Yevropa davlatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarda ushbu vaziyat yuzasidan savollar tug‘ilganda quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

 

+998 71 202 05 01 (114)

+998 97 709 16 00