Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtotransportning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi

Chop etish Sahifani ulashish
01.11.2024 1109 Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2024-yildagi «Avtomobil yo‘llari bo‘ylab katta hajmli va og‘ir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi VMQ-710-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga ko‘ra:

 

avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha zamonaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi;

 

shoxobchalar auksion orqali tadbirkorlik subyektlariga 20 yil muddatga ijara asosida va boshqa shaxslarga o‘tkazish huquqi bilan beriladi.

 

Qaror bilan Avtomobil yo‘llarida og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar va ko‘chma shoxobchalarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yish uchun o‘lchov-nazorat shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi):

 

xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida – BHMning 50 baravari;

davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida – BHMning 40 baravari;

mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida – BHMning 30 baravari miqdorida belgilanadi. 

 

Dastlabki ikki yil davomida mazkur shoxobchalar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasidan tushgan mablag‘larning 40% tadbirkorlik subyektlari hisobiga yo‘naltiriladi. Keyinchalik ushbu summa 30%ni tashkil etadi.