Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ayni kunlarda Farg‘ona viloyati So‘x tumanida yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
29.06.2020 9442 Yangiliklar

 

Xususan, Hushyor mahallasidagi Ziyo ko‘chasi to‘liq asfaltlangan bo‘lsa, ayni damda betonli qoplama yotqizish ishlari Sarikanda mahallasining Choradara ko‘chasida boshlandi.

2020 yilning 29 iyun kuni holatiga 16 ta MFYlar hududidagi 25 ta ichki ko‘chalarda qurilish ishlari olib borilib 3,1 km asfaltbeton, 3,5 km sementbeton, 10,8 km shag‘allash va 6,5 km umumfoydalanuvdagi yo‘llarda joriy ta’mirlash hamda 940 metr piyodalar yo‘lakchalarini qurish ishlari amalga oshirildi.

So‘x tumani hududida jami 88 km umumiy foydalanishdagi va 385 km ichki yo‘llar mavjud bo‘lib, 2020 yilda 16 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va 27 ta MFY hududidagi 121 ta ko‘chalarda – 76,2 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash bundan 12,9 km asfaltbeton, 15,2 km sementbeton va 48,1 km shag‘alli qoplamaga o‘tkazish, 20 km piyodalar yo‘lakchasi qurish ishlari rejalashtirilgan.