8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bugun Transport vazirligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Transport vaziri Ilhom Mahkamov tizimda faoliyat olib borayotgan ayollarni go‘zallik va nafosat bayrami bilan tabriklab, ularga sog‘lik, baxt, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Mehribon ona, suyukli yor, jonkuyar farzand bo‘lishi bilan bir qatorda, ayollarning yurtimiz farovonligi, xalqimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari hamisha maqtovga va e’zozga sazovordir.
Zero, oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu baraka kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘’tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.
Toshkent shahar transport boshqarmasi xodimlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Dildora Abidova ham o‘zining faolligi va tashabbuskorligi, shuningdek, yosh xodimlarni tarbiyalashda munosib hissa qo‘shib kelayotganligi uchun bayram arafasida “Mo’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.
Tadbirda davomida Transport vaziri I.Mahkamov Dildora Abidovani ushbu yuksak mukofot bilan yana bir karra muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tiladi.