Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozli transport kartalarini berish tartibi joriy etildi

Chop etish Sahifani ulashish
02.05.2023 2471 Yangiliklar

Joriy yilning 1-may sanasidan boshlab respublikaning barcha shaharlarida yo'nalishli va yo'nalishsiz taksidan tashqari, shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanishi uchun ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozli transport kartalarini berish tartibi joriy etildi.

 

“Shahar yo’lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to'g'risida”gi qonunga muvofiq, quyidagi toifa fuqarolarga shahar jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi berilgan:

 

 

Izoh: haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilar, kontrakt bo'yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga imtiyozli transport kartalari berilmaydi. Ular harbiy guvohnomasi yoki kontrakt asosida xizmat qiluvchining shaxsiy guvohnomasini ko'rsatgan taqdirda shahar yo'lovchilar transportida bepul yurish huquqidan foydalanadi.

 

1941 — 1945 yillardagi urush I guruh nogironlariga va nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz shaxslarga beriladigan imtiyozli transport kartasi ularga safarlarda hamrohlik qiluvchi bir shaxsga ham shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqini beradi.

 

Imtiyozli transport kartalarini olish bilan bog'liq davlat xizmatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi