Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Bayram munosabati bilan transportning barcha turlarida qo‘shimcha qatnovlar bajarilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
26.06.2023 7074 Yangiliklar

Joriy yil 28 iyun – 2 iyul kunlari aholining “Qurbon hayiti” bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishi va respublika bo‘ylab sayohat qilishi, yo‘lovchilarning o‘z manzillariga xavfsiz yetib olishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi soha tashkilotlari bilan hamkorlikda tegishli choralarni amalga oshirmoqda.

 

Xususan, havo transporti yo‘nalishida “Uzbekistan Airways” kompaniyasi tomonidan 26 -  iyundan 3 - iyulga qadar qo‘shimcha reyslar tashkil etish hamda A-320 turidagi 150 o‘rinli havo kemalarini A-321 turidagi 180 o‘rinli, B-767 turdagi 246 o‘rinli bortlarni A-330 turdagi 264 o‘rinli o‘rinli havo kemalariga almashtirish orqali aviakompaniya tomonidan Toshkent – Urganch (17 ta), Toshkent – Nukus (15 ta), Toshkent – Buxoro (8 ta), Toshkent – Samarqand (6 ta), Toshkent – Termiz (5 ta), Toshkent – Namangan (2 ta), Toshkent – Farg‘ona (4 ta), Toshkent – Qarshi (1 ta) yo‘nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga bajarilgan qatnovlarda xizmat ko‘rsatiladigan amaldagi yo‘lovchilar soni jami 12 400 dan 18 200 taga yetkazilishi belgilangan.

 

“Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Buxoro (5 ta), Toshkent – Samarqand (4 ta), Toshkent – Qarshi (3 ta), Toshkent – Navoiy (2 ta), Toshkent – Namangan (2 ta), Toshkent – Nukus (3 ta), Toshkent – Termiz (4 ta), Toshkent – Urganch (3 ta), Toshkent – Farg‘ona (3 ta), Farg‘ona – Urganch (1 ta), Farg‘ona – Buxoro (1 ta), Buxoro – Urganch (1 ta) yo‘nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan reyslarda 4 608 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

 

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Buxoro (1 ta), Toshkent – Farg‘ona (1 ta), Toshkent – Samarqand (1 ta) yo‘nalishlarida aviaqatnovlar amalga oshirilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan yo‘nalishlarda 1044 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

 

“My Frieghter” (Centrum-Air) aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Buxoro (1 ta), Toshkent – Termiz (1 ta), Toshkent – Samarqand (1 ta) yo‘nalishlarida aviaqatnovlar bajarilib, har ikki tomonga amalga oshiriladigan yo‘nalishlarda 1080 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

 

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi

 

27 – iyunь kuni Toshkent – Urganch – Toshkent (2 ta),  Toshkent – Nukus – Toshkent(1 ta),  Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta) yo‘nalishlarida qo‘shimcha parvozlar amalga oshiriladi.

 

28 – iyun kuni esa Toshkent – Termiz – Toshkent (1 ta),  30 – iyunь kuni esa Toshkent – Urganch – Toshkent (1 ta) yo‘nalishida qo‘shimcha qatnov bajarilishi rejalashtirilmoqda.

2 - iyul kuni Toshkent – Buxoro – Toshkent (1 ta) yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.

 

Temir yo‘l transporti yo‘nalishida:

 

26 - iyun kunidan 3 - iyul kuniga qadar  Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdi qatnovlari qo‘shimcha 1 taga oshiriladi natijada qatnovlar soni 16 taga va joylar soni 4,5 mingtaga oshadi. Bu orqali ushbu yo‘nalishda tashilayotgan yo‘lovchilar soni teng barobarga oshadi;

 

26, 28, 30 - iyun va 2 - iyul kunlari  Toshkent – Xiva yo‘nalishida hamda 27, 29 - iyun va 1, 3 - iyul kunlari Xiva – Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi qo‘shimcha 1 ta yo‘lovchi poezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi;

 

26 - iyun kunidan 3 - iyul kuniga qadar  Toshkent – Termiz – Toshkent, Toshkent – Shovot – Toshkent, Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent, Toshkent – Buxoro – Toshkent  yo‘nalishidagi mavjud yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha 4 tadan vagonlar ulanadi.

 

26 - iyun kunidan 3 - iyul kuniga qadar “Toshkent – Namangan – Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar qatnovlari qo‘shimcha 1 taga oshiriladi.

 

29 - iyun Toshkent – Qarshi – Toshkent  yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdi qatnovlari qo‘shimcha 1 taga oshiriladi.

 

26 - iyun 3 - iyul kunlari jami 42 ta reys amalga oshirilib, 135 mingta yo‘lovchi (jumladan, qo‘shimcha 27 mingta yo‘lovchi) tashish imkoniyati yaratiladi.

 

 

“Toshkent” avtovokzalidan bajariladigan avtobus qatnovlari

 

Toshkentdan Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm va Navoiy yo‘nalishlarida kunlik 32 ta rejadagi reyslar bilan birga qo‘shimcha 18 tagacha reys amalga oshirilmoqda. Natijada kuniga 50 ta reyslar orqali 2700 ta yo‘lovchilar o‘z manziliga yetkazilyapti.

 

Umumiy qatnovlar soni 350 ta reysni tashkil etib, 19 mingta (6,930 ta qo‘shimcha) yo‘lovchilar tashiladi.

 

26 - iyun kuni Toshkentdan Zarmitan, Jo‘sh, Mirbozor, Qiziltepa, Qorako‘l, Termiz, Denov, Uzun, Mang‘it, Samarqand, Buxoro, Zarafshon, Uchquduq, Urganch, Konimex, Xatirchi, Qarshi, Xiva yo‘nalishlarida 39 ta qo‘shimcha reyslar bajarildi.

 

27 - iyun kuni “Toshkent” avtovokzalidan mazkur yo‘nalishlarda qo‘shimcha 43 ta reyslar bajarilishi rejalashtirilgan.

 

Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda yuqoridagi yo‘nalishlarda yana qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi. 

Shu munosabat bilan yo‘lovchilardan “Toshkent” avtovokzali xizmatidan foydalanishlarini so‘rab qolamiz.

 

“Toshkent” avtovokzalida 24 soatlik ish rejimi tashkil etilgan.