Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Bayramingiz muborak bo‘lsin O‘zbekiston yoshlari

Chop etish Sahifani ulashish
30.06.2023 5566 Yangiliklar

Transport vazirligi jamoasi mamlakatimiz yoshlarni 30 iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

 

Har bir jamiyatning kelajagi va taqdiri bevosita ana shu yurt yoshlarining bilimi va salohiyatiga bog‘liq. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

 

Zero, barkamol avlod va yuksak axloqli vatanparvar yoshlar bugunimiz va ertamizning haqiqiy davomchilaridir.

 

Barcha yoshlarimizni yurtimiz rivoji uchun ulkan hissa qo‘shadigan yangi avlod bo‘lib etishishiga, buning uchun bor kuch - g‘ayratini sarflashiga, yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashashiga tilakdoshmiz!