Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Barqaror transport do‘stlari Guruhining ikkinchi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
28.11.2024 733 Yangiliklar

Turkmanistonning Ashxobod shahrida “Xalqaro transport va tranzit yo‘laklari: o‘zaro bog‘liqlik va rivojlanish – 2024” xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda tegishli vazirlik va transport idoralari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, diplomatik korpus rahbarlari va vakillari hamda Guruhga a’zo mamlakatlar missiyalari, transport sohasi ekspertlari ishtirok etdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov qatnashdi. Tomonlar yig‘ilishda Barqaror transport do‘stlari guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, jahon miqyosida transport tizimlarini barqaror rivojlantirish sohasida yangi samarali yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

 

Uchrashuvda BMTning 2026 – 2035 yillarga mo‘ljallangan Barqaror transport o‘n yilligiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligi qayd etildi. Ishtirokchilar Guruh faoliyatini yanada takomillashtirish va transport-logistika sohasidagi muammolarni yengish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish, shu jumladan ushbu sohadagi mintaqaviy va global to‘siqlarni minimallashtirish yo‘llari, shuningdek, transportni rivojlantirish sohasidagi BMTga a’zo davlatlarning tashabbuslarini ilgari surish zarurligini ta’kidladilar.