Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Barqaror va "yashil" kelajak sari intilishimizda transport sohasi muhim rol o‘ynaydi

Chop etish Sahifani ulashish
21.11.2024 939 Yangiliklar

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP29) doirasida "Yashil shahar transporti" mavzusida yuqori darajadagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov ishtirok etdi. Bugungi kunning eng global muammolaridan biri bo‘lgan shahar transportini dekarbonizatsiya qilish hamda barqaror shahar mobilligini yaratish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning natijalariga to‘xtalib o‘tdi.

 

– “2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish milliy konsepsiyasi va 2019-yilda tasdiqlangan "Yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasiga ko‘ra, jamoat transporti harakat tarkibining 80 foizini ekologik toza transportga o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbuslar ijrosi doirasida o‘tgan yili Toshkent shahriga 320 ta, Samarqand shahriga esa 14 ta elektrobus xarid qilindi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, dizel yoqilg‘isida ishlaydigan avtobus o‘rniga bitta elektrobusdan foydalanish issiqxona gazlari chiqindilarini yiliga 70 tonnaga kamaytirish imkonini beradi. Shundan kelib chiqib, o‘tgan yili O‘zbekistonning ikkita yirik shahrida 330 ga yaqin elektrobuslardan foydalanish orqali issiqxona gazlari tashlamalarini 23 ming tonnaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldik, bu esa havo sifati va aholi salomatligiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, – dedi M.Omarov