Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
07.10.2024 2780 Yangiliklar

Bugun, 7-oktabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii xonim bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda bugungi kunda amalga oshirilayotgan “Toshkent – past uglerodli transportga investitsiyalarni jadallashtirish” (TAILEV) loyihasi doirasida erishilgan natijalar, istiqboldagi loyihalar va tashabbuslar muhokama qilindi.

 

Xususan, Fujii xonim transport sohasini dekarbonizatsiya qilish, jamoat transportini rivojlantirish hamda issiqxona gazlarini kamaytirish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.

 

Transport sohasida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, ayollarga katta sig‘imli avtobuslarni boshqarish huquqini berish orqali sohada gender tenglikni ta’minlash borasida vazirlikning roli e’tirof etildi.

 

Shuningdek, BMT TD vakillari Toshkent shahridagi 8-avtobus saroyiga tashrif buyurib, elektrobus parki hamda ularni quvvatlash infratuzilmasi bilan tanishdi.

 

Shu bilan birga, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xarid qilingan elektrobuslarning bir qismi Global Ekologik Jamg‘armaning grant mablag‘lari hisobidan qisman moliyalashtirildi.