Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Bo‘stonliq – Toshkent – Bo‘stonliq oralig‘ida yo‘nalishli avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
18.08.2020 13963 Yangiliklar

 

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hamda poytaxtimiz aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri “Mashinasozlar metro bekati” – Bo‘stonliq “Yusufxona qo‘rg‘oni” yo‘nalishida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur yo‘nalishda qatnovning tashkil etilishi bilan dam olish kunlari tog‘ yonbag‘rida maroqli hordiq chiqarish istagida bo‘lgan poytaxtimiz aholisi uchun Bo‘stonliq tumaniga qulay sharoitda borib kelish imkoniyati yaratildi.

Mazkur avtobus yo‘nalishining masofasi bir tomonga sal kam 83 km.ni tashkil etadi. Avtobuslar ushbu masofani 1 soat 35 daqiqada bosib o‘tadi. Ushbu yo‘nalishga Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli “Toshkent viloyati shaharlararo yo‘lovchi tashish avtosaroyi” MChJ tomonidan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan YUTONG avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi.

Harakatlanish jadvaliga muvofiq bir kunda 18 ta qatnov amalga oshiriladi. Har kuni soat 6-00 da ilk avtobus “Mashinasozlar metro bekati”dan yo‘nalishga chiqadi. Kun davomidagi oxirgi avtobus qatnovi “Yusufxona qo‘rg‘oni” dan soat 20-55 Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi.

Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira haqi 10 000 (o‘n ming) so‘m etib belgilangan.

Mazkur yo‘nalishdagi avtobus qatnovi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan “Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tumandagi mavjud muammolarni bartaraf etishni jadallashtirish choralari to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda Transport vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.