Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Bokuda “O'zbekiston va Ozarbayjon: hamkorlikning yangi istiqbollari” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

Chop etish Sahifani ulashish
09.08.2023 4943 Yangiliklar

2023-yil 8-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi poytaxtida "O'zbekiston va Ozarbayjon: hamkorlikning yangi istiqbollari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Transport vazirligi vakillari “Transport va logistika sohasidagi hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo'nalishlari” dasturi bilan ishtirok etdilar.

 

Uchrashuv doirasida Transport vazirligi vakillari tomonidan O'zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o'rtasida “E-Permit” ruxsatnomalarini elektron almashish tizimini joriy etish taklifi bildirildi. Tizimning avtomobil transportida yuk tashishni osonlashtirishda va dastlabki ma'lumotlar almashinuvidagi roliga e’tibor qaratildi. Shuningdek, Boku portida ombor infratuzilmasini yaratish, Ozarbayjonning temir yo'l vagonlarini O’zbekistonda qurish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirish bo’yicha rejalar bilan bo’lishildi.

 

Tomonlar, 2023-2024 yillarda transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha Yo'l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.