Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Bokuda TRASEKA hukumatlararo komissiyasining XIV yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Chop etish Sahifani ulashish
05.12.2019 9713 Yangiliklar

Joriy yilning 6 dekabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Evropa - Kavkaz – Osiyo (TRASEKA) transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha asosiy ko‘ptomonlama bitim imzolanganligining 20 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya va TRASEKA hukumatlararo komissiyasining doimiy kotibiyati XIV yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirlarda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishadi.

Eslatib o‘tamiz, 1993 yilda Belgiya poytaxtida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirokida Bryussel deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mazkur hujjat Evropadan Qora dengiz, Kavkaz, Kaspiy dengizi orqali o‘tib, Markaziy Osiyo mamlakatlariga chiqish bo‘yicha transport yo‘lagini rivojlantirish maqsadida EI tomonidan moliyalashtiriladigan TRASEKA texnik ko‘mak bo‘yicha mintaqalararo dasturining amalga oshirilishini boshlab bergan edi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasiga milliy kotib, Transport vazirligining xalqaro hamkorlik va tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Sh. Burnashev rahbarlik qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati