Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Bolgariya orqali Yevropa Ittifoqiga yuk tashuvlari rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
04.09.2024 2290 Yangiliklar

Joriy yilning 3-4 sentabr kunlari Transport vazirligida Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda tomonlar avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, milliy tashuvchilarga qulay shart-sharoitlarni yaratish masalalarini muhokama etishdi.

 

Xususan, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagidan foydalangan holda Bolgariya orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvlari hajmini oshirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra 2024-yil uchun qo‘shimcha ruxsatnoma blankalari almashildi. Shuningdek, 2025-yil uchun ruxsatnoma blankalarini hozirgiga nisbatan 15 baravarga oshirgan holda almashishga kelishildi.

 

Eslatib o‘tamiz, mavjud yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish hamda muqobil transport koridorlarini rivojlantirish orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvlarini rivojlantirish maqsadida 2024-yilning 1-aprelidan Ruminiya bilan ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlarini ruxsatnomasiz tizimda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.