Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Shifoxona uchun konteynerlar: Gumanitar yordamni yetkazib berish davom etmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
18.11.2020 4951 Yangiliklar

 

Bugun yana bir gumanitar yuk ortilgan poyezd O'zbekistondan Qirg'izistonga yuborildi. 200 o'ringa mo'ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlari qo'shni davlat "Qizil-Qiya" temir yo'l stansiyasiga yetib keldi.

Ular yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilishiga yo'naltirilgan. Yaqin kelajakda qardosh davlatga yana bir xil modulli inshootlarni yuborish rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, ushbu aksiya O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan birodar Qirg'iz xalqini qo'llab-quvvatlash tadbiri doirasida tashkil etildi.