Sirojiddin Media kanali tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan “Bozsuv – Farhod bozori” yo‘nalishli taksi haydovchilarining murojaati to‘g‘risidagi videolavha yuzasidan Toshkent viloyati transport boshqarmasining rasmiy izohi.
Toshkent viloyati transport boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki bugungi kunda Zangiota tumani Bo‘zsuv hududidan Toshkent shahriga qo‘yidagi yo‘nalishlar qatnaydi.
1. VX – 666-sonli “A. Navoiy f/u – Farhod bozori bekati”.
2. VX – 447-sonli “Bo‘z suv f/u – Farhod bozori”.
3. VX – 241-sonli “O‘rikzor mahallasi – Farhod bozori”.
4. VX – 721-sonli “Nihol mahallasi – Olmazor metrosi”.
“Mohinur Saidakbar Trans” MChJ tomonidan VX–721-sonli “Nihol mahallasi – Olmazor metrosi” yo‘nalishida faoliyat yuritish uchun 2021-yil 7-yanvar kuni AT-2006107-sonli “Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo engil avtomobillarda tashish” bo‘yicha litsenziya olgan.
“Zulayho Imron Trans” MChJ tomonidan qolgan 3 ta yo‘nalishda 2021-yil 13-yanvar kuni AT-2007320-sonli chelanmagan muddatga “Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish” bo‘yicha litsenziya olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik subyektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining 08.05.2023-yildagi TM-00-04621-sonli xati hamda № 41-sonli buyrug‘iga asosan “Mohinur Saidakbar Trans” MChJni 2021-yil 1-yanvardan 2023-yil tekshiruv davriga qadar litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshiruv natijalariga asosan Toshkent viloyati transport boshqarmasining 2023-yil 29-may kuni Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etilgan. Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 22-iyundagi 4-1101-2302/4312-sonli iqtisodiy ish bo‘yicha “Mohinur Saidakbar Trans” MChJning AT-2006107-sonli “Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo engil avtomobillarda tashish” bo‘yicha litsenziyasi bekor qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining 23.05.2023-yildagi TM-00-04847-sonli xati hamda № 46-sonli buyrug‘iga asosan “Zulayho Imron Trans” MChJni 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil tekshiruv davriga qadar litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshiruv natijalariga asosan Toshkent viloyati transport boshqarmasining 2023-yil 13-iyun kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga AT-2007320-sonli chelanmagan muddatga “Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus xamda avtobuslarda tashish” bo‘yicha litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etilgan. Ushbu masala yuzasidan sud jarayoni 2023-yilning 2-avgust kuniga belgilangan.
Videolavhada namoyish etilgan zo‘ravonlik hamda faoliyat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan viloyat transport boshqarmasi huquqiy baho berishga haqli emas. Ushbu holat yuzasidan vakolatli davlat organlari (huquqni muhofaza qiluvchi organlar)ga murojaat etish maqsadga muvofiqdir.