Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Buxoroda karantinda bo‘lgan 121 nafar vatandoshlarimiz o‘z uyiga kuzatildi

Chop etish Sahifani ulashish
21.04.2020 6850 Yangiliklar

Maxsus charter reyslar bilan xorij davlatlaridan Buxoro viloyatiga olib kelinib, viloyat Kardiologiya shifoxonasi hamda "Jo‘yzar" sanatoriysida karantinga joylashtirilgan 121 nafar hamyurtlarimiz bugun 14 kunlik karantin muddatini o‘tab bo‘lgandan so‘ng, Transport vazirligi tomonidan maxsus tashkillashtirilgan poyezdda o‘z yashab turgan hududlariga jo‘nab ketishlari uchun Kogon temir vokzaliga kuzatildi.

Hamyurtlarimiz 14 kunlik karantin muddati tugagach, o‘tkazilgan tibbiy diagnostik tahlillar natijasida tojdor virus infektsiyasiga chalinmaganligini tasdiqlandi.

Ular Buxoro viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan, maxsus dezinfektsiyalangan avtobuslarda viloyat IIB YHXB inspektorlari nazoratida Kogon temir yo‘l vokzaliga olib yetkazib qo‘yildi.