Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Chegaralarda koronavirusga ekspress-test olish tartibi 15 - martdan bekor qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
14.03.2021 6366 Yangiliklar

 

 

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan aeroport, temir yo‘l vokzali yohud chegara punkti hududida koronavirusga antigen ekspress test olish tartibi 15 - martdan bekor qilinadi.

 

Joriy yilning 13 - mart sanasida Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish, xorijiy va qo‘shni mamlakatlarda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning biroz bo‘lsada barqarorlashganligini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilarga yengilliklar yaratish hamda turizm salohiyatidan kengroq foydalanish bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasiga havo, temir yo‘l transporti hamda chegara punktlari orqali tashrif buyurayotgan barcha shaxslardan o‘z hisobidan aeroport, temir yo‘l vokzali yohud chegara punkti hududida koronavirus infeksiyasiga antigen ekspress test olish tartibi 2021- yilning 15- martidan boshlab bekor qilinadi.

Endilikda, yangi tartib bo‘yicha:

 


Bunda koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi talab etiladi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2021 - yilning 25-martidan boshlab xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilardan faqat sifat ko‘rsatkichi talab darajasida bo‘lgan laboratoriyalarning koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlari ma’lumotnomalari bilan havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tkaziladi yohud avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi o‘tkazmasdan kiritiladi.

Shu bilan birga mutasaddi tashkilotlarga chet elda sifatli hamda ishonchli koronavirus infeksiyasiga PZR tekshiruvlarini o‘tkazuvchi laboratoriyalar – ya’ni O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan laboratoriyalar ro‘yxatini (har bir mamlakat kesimida kamida 10 tadan) shakllantirish va e’lon qilish bo‘yicha topshiriq berildi.